ESFIR

Yuz shakliga qarab ochki qanday tanlanadi

ESFIR tahririyati · Yangilangan:

Qisqa javob

Ramkani odatda yuz shakliga qarama-qarshi tanlashadi: dumaloq yuzga burchakli, burchakli yuzga yumaloq ramka. Bu qat’iy qoida emas: eng ishonchli yo‘l ramkani taqib, oynaga qarash.

Yuz shaklini qanday aniqlash mumkin?

Sochni orqaga yig‘ib, oynaga to‘g‘ri qarang. Uch joyni solishtiring: peshona, yonoq suyagi va jag‘ kengligi. Keyin yuz uzunligi kengligidan qancha katta ekanini ko‘ring.

Qaysi yuzga qanday ramka mos keladi?

Yuz shakliBelgisiQaysi ramka
DumaloqUzunligi va kengligi yaqin, jag‘ yumaloqMos: to‘rtburchak, burchakli. Kamroq: juda kichik dumaloq
OvalYuz uzunroq, jag‘ peshonadan sal torMos: ko‘p shakl. Kamroq: yuzdan ancha keng
KvadratPeshona va jag‘ keng, jag‘ burchakliMos: yumaloq, oval. Kamroq: qalin to‘rtburchak
UchburchakPeshona keng, iyak torMos: pasti kengroq yoki ingichka. Kamroq: tepasi og‘ir, bezakli
Cho‘ziqYuz kengligidan ancha uzunMos: balandroq, keng. Kamroq: tor va past

Yuzingiz ikki shakl orasida bo‘lishi mumkin, bu odatiy hol. Jadvalni boshlang‘ich nuqta deb oling, keyin 2-3 xil ramkani taqib solishtiring.

Ramka o‘lchami to‘g‘riligini qanday tekshirish kerak?

Dioptriya katta bo‘lsa, ramka tanlash o‘zgaradimi?

Ha. Katta ramkada linza cheti qalinroq ko‘rinadi, shuning uchun kichikroq ramka va yupqa linza yaxshi yechim. Yupqa linza 360 000 so‘mdan boshlanadi, turlari linzalar sahifasida.

Modelni qayerda ko‘rish mumkin?

Katalogda ayollar ramkasi (359 ta), erkaklar ramkasi (142 ta) va bolalar ramkasi (129 ta) bor. Hammasini Toshkentdagi 5 filialimizda taqib ko‘rishingiz mumkin. Tanlay olmasangiz, 3 ta savolga javob bering.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Yuz shaklimni bilmasam, ramka tanlab bo‘ladimi?
Ha. Shaklni bilish shart emas: 2-3 xil ramkani taqib, oynaga qarash yetarli. Jadval faqat boshlash uchun.
Onlayn ko‘rib ramka tanlasa bo‘ladimi?
Modellarni oldindan saralash mumkin, lekin o‘lcham va burunga o‘tirishi taqib ko‘rganda bilinadi.
Ramka shakli ko‘rishga ta’sir qiladimi?
Ko‘rish uchun linza va uning to‘g‘ri o‘rnatilishi muhim. Dioptriya katta bo‘lsa, ramka o‘lchamini filialda maslahatlashing.

Tekshiruvga yoziling

Ism va raqamingizni qoldiring. Kol-sentr filial va vaqtni kelishadi.

Tugmani bosib, ma’lumotlarim (test natijasi yuborilsa, u ham) faqat qo‘ng‘iroq uchun ishlatilishiga rozilik beraman.

Bepul test