ESFIR

Onlayn ko‘rish testi

Ko‘zingizni shifokorga ko‘rsatish kerakmi, 3 daqiqada bilib oling.

  • Bepul
  • 3 daqiqa
  • Telefonda karta kerak emas
  1. Qisqa savollar
  2. Belgini ajratish: har ko‘z alohida
  3. Yulduz: astigmatizm belgisi
  4. To‘r: ko‘rish markazi
  5. Yaqindan o‘qish

Test tashxis qo‘ymaydi va dioptriya aniqlamaydi. Natijani faqat siz ko‘rasiz, yuborsangizgina bizga keladi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Test bepulmi?

Ha, onlayn test bepul. Natijani faqat siz ko‘rasiz, yuborsangizgina bizga keladi.

Onlayn test ko‘z shifokori o‘rnini bosadimi?

Yo‘q. Test faqat tekshiruvga borish vaqti kelganmi, shuni ko‘rsatadi. Dioptriya va tashxisni shifokor aniqlaydi.

Bank kartasi shartmi?

Telefonda yo‘q. Kompyuterda ekranni o‘lchash uchun kerak. Har qanday bank kartasi bir xil o‘lchamda. Raqami so‘ralmaydi, kartani faqat ekranga qo‘yasiz.

Natijam saqlanadimi?

Yo‘q. Natija faqat ekraningizda ko‘rinadi. Tekshiruvga yozilsangiz, uni formada yuborishni o‘zingiz tanlaysiz.

Test nimani tekshira olmaydi?

Ko‘z bosimi, ko‘z tubi va aniq dioptriyani. Uzoqni ko‘rish faqat yordamchi bilan 2 metrdan tekshiriladi. Qolganini faqat shifokor ko‘rsatadi.

Tekshiruvga yoziling

Ism va raqamingizni qoldiring. Kol-sentr filial va vaqtni kelishadi.

Tugmani bosib, ma’lumotlarim (test natijasi yuborilsa, u ham) faqat qo‘ng‘iroq uchun ishlatilishiga rozilik beraman.